Kontent qismiga oʻtish

Elektr mashina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega boʻlgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi - elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning oʻzaro taʼsirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi.

Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qoʻllanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin (yana Asinxron elektr mashina, Kollektorli mashina). Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun elektr mashina oʻzgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, mas, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyroʻzgʻorda, xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qoʻllanadi.