Kontent qismiga oʻtish

Eldor Tulyakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eldor Sobirjonovich Tulyakov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1986-yil 9-iyul (36 yosh)
Orjonikidzevskiy tumani, Toshkent viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR
Kasbi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Eldor Sobirjonovich Tulyakov (1986-yil 9-iyulda tugʻilgan, Toshkent viloyati, Orjonikidzevskiy tumani) — oʻzbek siyosatchisi.

Eldor Tulyakov „Taraqqiyot strategiyasi“ markazi ijrochi direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzosi, „Milliy Tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzosi.

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar asosida xorijiy investitsiyalarni himoya qilish mavzusida mustaqil tadqiqotchi.

Eldor Tulyakov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining tijorat huquqi fakultetini tamomlagan hamda Frankfurt huquq va moliya universitetida huquq magistri darajasini olgan (Institute for Law and Finance, University of Frankfurt).

Chirchiq shahridagi 2 va 7-sonli maktablarda tahsil olgan.

2019-yil 22-dekabr kuni Eldor Tulyakov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan[1].

  1. „Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутатларини рўйхатга олиш тўғрисида“ (uz). Тошкент шаҳар ҳокимлиги. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.