Kontent qismiga oʻtish

Eksponometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eksponometr (lot. yexropo qoʻrsataman va ...metr) — fotografiyada — foto yoki kino suratga olishda, yo boʻlmasa, foto yoki kinonusxalar koʻchirishda ekspozitsiya (yorugʻlik sezgir materialning yoritilganligi bilan uning yoritilish vaqti koʻpaytmasi) ni aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Ishlash tarziga koʻra, jadvalli, optik (vizual) va fotoelektrik turlarga boʻlinadi. Bularning ichida fotoelektrik eksponometrlar keng ishlatiladi. Bunday eksponometr larning ishi fotosuratga yoki kinosuratga olish obʼyektining yorqinligi yoki yoritilganligini oʻlchashga asoslangan. Koʻpchilik zamonaviy foto yoki kino suratga olish apparatlari ichki eksponometrli qilib ishlab chiqariladi.