Kontent qismiga oʻtish

Ekskavator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekskavator (lotincha: yexsauo — oʻyaman, qaziyman) — togʻ jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toʻplash uchun moʻljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish gʻoyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi Ekskavator draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavator ning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A.A. Betankur XIX asr 20-yillarida ishlab chiqqan. 1834-yilda AQSHda V. Otisom natent olgan; 1910-yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912-yilda dizel yonilgʻisida ishlaydigan, 1920-yillarda relsda harakatlanib, toʻla buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavator ning tuzilishi takomillashtirib borildi.

Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va koʻp kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga boʻlinadi. Ekskavator ning asosiy qismlari; kovsh (choʻmich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, gʻildiraklar). Bir kovshli Ekskavator ning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, toʻlgan kovshni boʻshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavator ning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15—80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga koʻra, gusenitsali, gʻildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gʻildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga koʻra, bir dvigatelli va koʻp dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qoʻlda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga koʻra, toʻgʻri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavator lar boʻladi. Toʻgʻri kurakli E. keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta boʻlmagan zovurlarda inshootlar qurishda qoʻllanadi. Draglaynli Ekskavator oʻzi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burgʻilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalaruchun) bilan jihozlangan Ekskavator lar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yaʼni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30—100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli E., qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga boʻlinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qoʻllanadi. Bir kovshli Ekskavator lar kovshining sigʻimi — 160 m³gacha.

Koʻp kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga boʻlinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar (12—40 ta) yoʻnaltiruvchi rama gʻaltaklari boʻyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6—12 ta (baʼzan 24 gacha) kovsh oʻrnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt toʻkish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash balandligi 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boʻladi. Rotorli Ekskavator lar koʻproq konlarda ishlatiladi. Harakat yoʻnalishiga qarab, koʻndalangiga, boʻylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga boʻlinadi. Koʻp kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m³/soat gacha yetadi. Ekskavator lar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavator lar ishlab chiqarilgan (1945—90).