Kontent qismiga oʻtish

Eksgumatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eksgumatsiya (lotincha: yexshltiz yerdan) — murdani koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish zaruriyati tugʻilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish. Oʻzbekistonda eksgumatsiya tergovchi yoki surishtiruvchining qarori va prokurorning sanksiyasi asosida oʻtkaziladi. Qarorda eksgumatsiyaning sabablari koʻrsatiladi. Eksgumatsiya, odatda, oʻlimga sabab boʻlgan holatlarni aniqlash, oʻlgan kishining shaxsini belgilash, birinchi marta yoki qayta sud tibbiy ekspertizasi oʻtkazish va boshqa maqsadlarda qilinadi. Eksgumatsiya paytida sud tibbiyoti sohasidagi shifokor, zarur boʻlsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadi.