Eduard Smirnov
Eduard Pavlovich Smirnov | |
---|---|
Tavalludi |
1939-yil 17-sentyabr |
Fuqaroligi | Moldova |
Kasbi | siyosatchi |
Partiyasi | Moldova Respublikasi Sotsialistik partiyasi |
Eduard Pavlovich Smirnov (rumincha: Eduard Smirnov; 1939-yil 17-sentyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati) — Moldova Respublikasi parlamenti Sotsialistlar partiyasi deputati[1]. 2014-yil 30-noyabrdan 2015-yil 23-yanvargacha hamda 2019-yil 24-fevraldan 2019-yil 8-iyunga qadar Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eduard Smirnov 1939-yilning 17-sentyabrida SSSR Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1956—1961-yillar — Rossiyaning Kostroma shahridagi toʻqimachilik instituti talabasi.
1961—1963-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi gazlama fabrikasi bosh mexanigi.
1963—1969-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahar komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi.
1969—1973-yillarda — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.
1973—1977-yillar — Kishinyov shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.
1977—1991-yillar — Kishinyov partiya va sovet organlari xodimi.
1991—1995-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes sherik“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori.
1995—1999-yillar — Kishinyov meri oʻrinbosari.
1999-2007-yillar — Kishinyov shahar kengashi aʼzosi.
1999—2010-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes hamkor“ masʼuliyati cheklangan jamiyat direktori oʻrinbosari.
2013—2014-yillar — Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi raisi maslahatchisi.
2014-2015-yillar — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
2014-yil — Moldova Respublikasi parlamenti deputati.
2019-yil — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.
Parlament spikerligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 30-noyabridan 2015-yil 23-yanvarigacha, yaʼni Andrian Kandu oʻz vakolatlarini topshirgunga qadar Moldova Respublikasi parlamentida Smirnov bosh deputat sifatida qonun chiqaruvchi organ spikeri vazifasini bajargan[2].
2019-yil 24-fevralidan 2019-yilning 8-iyuniga qadar Moldova Respublikasi parlamentida parlament koalitsiyasi tuzilib, Zinaida Greceanii parlamentning yangi spikeri etib saylangunga qadar Smirnov Parlamentda eng yuqori martabali deputat lavozimida faoliyat koʻrsatgan[3].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moldova parlamentining rasmiy sayti Eduard Smirnovning tarjimai holi — Moldova tilida.