E togʻi
E togʻi | |
---|---|
恵山 | |
Qoya | 617.6 m (2,026 ft)[1] |
Roʻyxat | Yaponiyadagi balang togʻlar roʻyxati Yaponiyadagi togʻlar roʻyxati |
Koordinatalar | 41°48′17″N 141°09′58″E / 41.80472°N 141.16611°ECoordinates: 41°48′17″N 141°09′58″E / 41.80472°N 141.16611°E[1] |
Nomlanishi | |
Til | Yapon |
Geografiyasi | |
Joylashuv | Hokkaido, Yaponiya |
Hudud | Kameda yarimoroli |
Topo xaritasi | Geospatial maʼlumotlar
Muallif 25000:1 恵山 |
Geologiyasi | |
Geoxronologik shkala | Pleystotsen |
Turi | stratavulqon |
Soʻnggo portlash | Iyun 1874-yil |
Mount E (yaponcha: 恵山 E-san ) Oshima yarimorolining bir qismi boʻgan kameda yarimorolida joylashgan ulkan stratovulqonlardan biri hisoblaniladi. U Yaponiyaning Xokkaydo shtatidagi Hakodate qishlogʻida, sharqiy mintaqasida joylashgan. E togʻi Esan prefekturasi tabiat bogʻi tarkibiga kiradi.
Geologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]E togʻining eng baland qoyasi balandligi 617.6 m (2026 ft) ga teng. Asosiy vulqon kraterlari shu qoyada joylashgan.
E togʻi gidroksidi boʻlmagan, mafik, vulqon togʻ jinslaridan tashkil topgan[2]. Andezitik vulqon tepasida lava gumbazi joylashgan[3]. Geoxronologik shkalaga va oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra E togʻi pleystotsen davrida paydo boʻlganligi taxmin qilingan.
Portlash tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]E togʻi stratovulqon boʻlganligi sababli ham unda yuz beradigan portlash yaqin atrofda yashovchi insonlar hayotiga xavf soladi.
E togʻi oxirgi marta 1874-yil 8-iyunda portladi. Ushbu portlash freatik portlashlar turidan boʻlib, VEI shkalasi boʻyicha 1 ball bilan baholandi.
Roʻyxatga olingan eng qadimgi portlash 1846-yil 18-noyabrda yuz bergan. Bu hodisa bir nechta uylarga zarar yetkazgan va insonlar oʻlimga sabab boʻlganlaharlarni keltirib chiqargan[3].
Radiokarbonlarni aniqlash bilan bogʻliq va tefroxronologiya tadqiqotlari taxminan milodiy 1350-yil, miloddan avvalgi 550-yil va 1050-yillarda, miloddan avvalgi 3900 ± 100 yillarda hamda miloddan avvalgi 7050 yillardagi tarixiy yozuvlardan oldingi beshta otilish sodir etilganligini aniqladi. Miloddan avvalgi 7050-yilda sodir boʻlgan otilish VEI shkalasi boʻyicha 3 ball boʻlgan eng katta portlashlardan biri edi. Portlash natijasida hosil boʻlgan lava tarkibidagi togʻ jinslari tuproqni kerakli minerallar bilan boyitgan va oʻsimliklar populyatsi rivojiga xissa qoʻshgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Geospatial Information Authority (Wayback Machine saytida 2012-02-26 sanasida arxivlangan) topographic map 恵山
- ↑ „Hokkaido“. Seamless digital geological map of Japan 1: 200,000.. The Geological Survey of Japan, AIST (2010-yil 18-fevral). 2013-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „E-SAN“. Quaternary Volcanoes in Japan. Geological Survey of Japan, AIST (2006). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Esan — Yaponiya meteorologiya agentligi (yaponcha)
- — Yaponiya meteorologiya agentligi
- Esan — Yaponiya geologik xizmati
- Esan: Global vulkanizm dasturi — Smitson instituti