Dvigatel-generator
Qiyofa
Dvigatel-generator - birbiriga mexanik tarzda bogʻlangan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. D.-g. oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Isteʼmolchining ehtiyojiga qarab, D.-g. har xil parametrli boʻlishi mumkin (mas, elektr payvandda — kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida — oʻzgarmas tok va hokazo). Yarimoʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan D.-g. dan kam foydalaniladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |