Kontent qismiga oʻtish

Duragaylar koʻchatzori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Duragaylar koʻchatzori - eng yaxshi oʻsimliklarni tanlab olish maqsadida duragaylarni oʻstirish, koʻpay-tirish va oʻrganish uchun barpo etiladigan dala (maydon), boshlangʻich urugʻlik materiali ekiladigan koʻchatzor. D.k.ga 1-, 2-, 3-boʻgʻin (Gʻr Gʻ2, Gʻ3), ahyonda — yuqori boʻgʻin duragaylari ekiladi va oʻrganiladi. D. k.da nisbiy genetik barqarorlashtirish ishlari oʻtka-ziladi va seleksiya koʻchatzoriga ekish uchun Gʻ3 dan eng yaxshi elita oʻsimliklari tanlanadi. Agar duragaylashda gomozigota ota-ona shakllaridan foydalanilgan boʻlsa, D. k.da tanlash Gʻ2 dan, agar geterozigotali (murakkab chatish-tirishlarda) ota-ona shakllaridan foydalanilgan boʻlsa Gʻ, dan boshlanadi. D. k.da qiyosiy baholash uchun duragay kombinatsiyalarining ota-ona shakllari yoki asosiy rayonlashtirilgan standart nav ham ekiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil