Duoyi bad
Qiyofa
Duoyi bad (forscha — qargʻish) — kimnidir qargʻab, uning zarariga qilingan duo. Masalan: ota-ona qargʻishi, mazlum qargʻishi va hokazo. Hadisi sharifda ota-ona, musofir va mazlum (zulm qilingan)larning duolari shaksiz qabul qilinishi taʼkidlangan. Badduoning ziddi — duoyi xayrdir. Duoyi xayrda kimnidir alqab yoki olqishlab, uning haqqiga qilingan duo tushuniladi. Paygʻambarlardan Nuh (as) oʻz qavmlarini Duoibad qilganlar. Natijada ularga Alloh taolo toʻfon balosini yuborgan. Islom dinida badduo qilish tavsiya etilmaydi. Bir inson yoki hatto farzand yomonlik qilib, koʻp zarar keltirgan taqdirda ham, uning shaʼniga faqat duoyi xayr qilib, Yaratgandan unga insof-tavfiq soʻrashlik ulugʻ insoniy fazilatlardan ekanligi uqtiriladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |