Kontent qismiga oʻtish

Duoxonlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Duoxonlik — duo oʻqish, dam solish bilan shugʻullanish. Islom anʼanalari boʻyicha Qurʼoni karim va xadisi shariflarda koʻrsatilgan muayyan duolar oʻqib turiladi. Ayni vaqtda man-tiqsiz, poyma-poy soʻzlarni oʻzicha oʻqib dam solish hollari ham uchraydi. Islom dini nuqtai nazaridan bulardan birinchisi ruxsat etilgan boʻlib, uni toʻgʻri oʻqib, koʻrsatilgan tartibda ijro etish mumkin; ikkinchisi esa mutlaqo man etiladi va u bilan shugʻullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman D. kasbi bilan kifoyalanib, jismoniy yoki akliy mehnat bilan shugʻullanmaslik sharʼan salbiy xususiyatlardan biridir (yana qarang Azayimxonlik).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil