Dunkirk (Fransiya)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Dunkirk | |
---|---|
Shahar | |
51°02′18″N 2°22′39″E / 51.03833°N 2.37750°E | |
Mamlakat | Fransiya |
Hukumat | |
• Mayor | Patrisiya Vergriete[1] |
Asos solingan | X asr oʻrtalari |
Maydon | 43.89 km2 (16.95 kv mi) |
Aholisi (2019-yil yanvar) |
86,279 |
Zichligi | 2,000/km² kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC+01:00 (CET) |
Pochta indeks(lar)i | 59183/59140, 59240, 59640 |
Dunkirk — Fransiyaning Shimoliy mintaqasida joylashgan kommunadir. U Belgiya chegarasidan 10 kilometr (6.2 mil) uzoqlikda joylashgan. Uning porti Fransiyada uchinchi yirik portiga hisoblanadi. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olishda kommuna aholisi 91,412 kishi edi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunkirk nomi Gʻarbiy Flamand tilidan olingan. „dune“ yoki „dun“ bu „cherkov“, „kirk“ esa „qum“, demak, „qumdagi cherkov“[2] degan maʼnoni anglatadi. Kichikroq shaharcha 25 km uzoqlikdagi Flaman qirgʻogʻi bilan dastlab bir xil nomga ega edi, ammo chalkashmaslik uchun keyinchalik Oostduinkerke (n) deb oʻzgartirildi. XX asrning oʻrtalariga qadar Fransiyada flamand tili ham (golland tilining mahalliy xilma-xilligi) keng tarqalgan edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baliqchilar qishlogʻi X asrning oxirida, Gʻarbiy Sheldtning janubida, La-Mansh boʻyining dastlab suv bosgan qirgʻoq hududida, yaʼni bu hudud fransuz qirolining vassallari boʻlgan Flandriya graflari tomonidan egallab turgan paytda paydo boʻlgan. Taxminan milodiy 960-yilda graf Bolduin III aholi punktini Viking bosqinlaridan himoya qilish uchun shahar devorini qurdirgan. Atrofdagi suv-botqoq yerlari quritilgan va yaqin atrofdagi Bergues Abbey rohiblari tomonidan obod qilingan. Dunkirk nomi birinchi marta 1067-yil 27-mayda Flandriyalik graf Bolduin V tomonidan berilgan ushr(soliq turi) imtiyozida tilga olingan. Graf Filipp I (1157-1191) yana katta botqoqli yerlarni suvini quritdi, bogʻ bunyod qildi va shaharchaga aylantirdi. Dunkirkdan Bergga kanal qurish boʻyicha birinchi rejalarni ishlab chiqdi va Dunkirkga bozor huquqini berdi.
XIII asr oxirida, Damper grafi Flandriya Guy Fransiya qiroli Filipp IV ga qarshi Fransiya-Flamand urushiga kirganida, Dunkirk fuqarolari 1297-yilgi jangda dastlab magʻlubiyatga uchragan fransuzlar tomoniga oʻtdilar. Keyinchalik Filipp IV Furnesni qoʻlga kiritdi. Gayning oʻgʻli graf Robert III (1305-1322) shunga qaramay Dunkirkka shahar huquqini berdi. Uning vorisi graf Lui I (1322-1346) 1323-1328-yil]]lardagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga duch keldi. Graf Lui I Dunkirkni 1328-yil Kassel jangida Fransiya qiroli Filipp VI ga boy berdi.
1337-yilda Angliya bilan yuz yillik urush boshlanganda graf Lui fransuz qirolining sodiq vassali boʻlib qoldi va dengiz savdosini taqiqladi. Bu esa Dunkirk fuqarolarining navbatdagi qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Graf 1346-yilgi Kresi jangida oʻldirilganidan soʻng, uning oʻgʻli va vorisi flandriyalik graf Lui II (1346-1384) inglizlar bilan sulh tuzdi. Savdo yana gullab-yashnadi va port sezilarli darajada kengaytirildi. Biroq, 1378-yildagi Gʻarbiy boʻlinish jarayonida Rim papasi Urban VI ning ingliz tarafdorlari (Rim daʼvogar) Dunkirkga tushib, shaharni egallab olishdi va atrofdagi uylarni suv bostirishdi. Ular Fransiya qiroli Charlz VI tomonidan haydab yuborildi, ammo shahar va uning atrofida katta vayronagarchiliklarni qoldirgan edi.
1384-yilda Lui II vafoti bilan Flandriya graflari vorislilari tugagandan soʻng, Flandriyani Burgundiya gersogi Filipp Bold egallab oldi. Qoʻrgʻonlar yana kengaytirildi. Jumladan, qoʻngʻiroq oʻchogʻi (yoritilmagan mayoqqa oʻxshash navigatsiya vositasi) qurildi. Strategik nuqta sifatida Dunkirk har doim siyosiy ochkoʻzlikka duchor boʻlgan. 1395-yilda Bar gersogi Robert I, 1435-yilda Lui de Lyuksemburg va nihoyat, 1477-yilda Burgundiyalik malikasi Meri bilan turmush qurgan avstriyalik arxgertsog Maksimilian I tomonidan 1435-yilda egallab olingan. Maksimilian imperator Frederik III ning oʻgʻli boʻlgani sababli, barcha Flandriya hududlari darhol Fransiya qiroli Lyudovik XI tomonidan bosib olindi. Biroq, Maksimilian 1479-yilda Ginegate jangida fransuz qoʻshinlarini magʻlub etdi. 1482-yil]]da Meri vafot etganida, Maksimilian 1482-yilgi Arras shartnomasi shartlariga koʻra Flandriyani oʻzida saqlab qoldi. Dunkirk, Flandriyaning qolgan qismi bilan birga, Gabsburg Gollandiyasiga qoʻshildi va 1581-yil]]da Birlashgan Niderlandiyaning ajralib chiqishidan soʻng, Gabsburg Ispaniyasi (Ispaniya Gollandiyasi) sifatida ushlab turilgan Janubiy Niderlandiyaning bir qismi boʻlib qoldi.
Yangi davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu hudud Ispaniya Qirolligi, Birlashgan Niderlandiya, Angliya Qirolligi va Fransiya Qirolligi oʻrtasida juda bahsli joy boʻlib qolgan. Sakson yillik urush boshida Dunkirk 1577-yildan boshlab qisqa muddat gollandiyalik isyonchilar qoʻlida edi. Parma gersogi Aleksandr Farnese boshchiligidagi ispan qoʻshinlari 1583-yilda Ispaniya hukmronligini tikladilar. 1646-yilda shahar fransuzlar tomonidan bosib olinganida Dunkirkerlar qisqa vaqt ichida portlarini yoʻqotdilar, ammo 1652-yil]]da ispan kuchlari shaharni qaytarib oldilar. 1658-yil]]da Fransiya va Ispaniya oʻrtasidagi uzoq davom etgan urush natijasida u Dunes jangidan keyin fransuz-ingliz qoʻshinlari tomonidan qamal qilingandi, keyin qoʻlga olindi. Fort-Mardik bilan birga shahar Ispaniyaga qarshi Fransuz-Ingliz ittifoqida birlashgan. Keyingi-yil]]i ittifoq natijasida Angliyaga berildi. Angliya gubernatorlari ser Uilyam Lokhart (1658—60), ser Edvard Xarli (1660—61) va Lord Ruterford (1661—62) lar shaharni boshqarishgan edi.
1662-yil 17-oktabrda Dunkirk Angliya qiroli Karl II tomonidan Fransiyaga 320 ming funt sterlingga sotilgan[3]. Fransiya hukumati shaharni mustahkam port sifatida rivojlantirdi. Shaharning mavjud mudofaasi oʻnta qal’a yaratish uchun moslashtirilgan edi. Port 1670-yillarda suv sathini past oqimlarda ushlab turish uchun ikkita qulflash tizimiga ega oʻttiztagacha harbiy kemani sigʻdira oladigan havzani qurish orqali kengaytirildi. Havza dengizga ikkita qirgʻoq bilan mustahkamlangan qazilgan kanal orqali bogʻlangan. Bu ish 1678-yilda yakunlandi. Bir necha yil oʻtgach, qirgʻoqlar beshta qal’a, Château d’Esperance, Château Vert, Grand Risban, Chateau Gaillard va Fort de Revers qurilishi bilan himoyaga olingan. 1701-yilda Fort Blank deb nomlangan qoʻshimcha qal’a qurilgan.
Lui XIV hukmronligi davrida koʻplab savdo bosqinchilari va qaroqchilar yana Dunkirkda oʻrnashib oldilar. Ulardan eng mashhuri Jan Bart edi. Aleksandr Dyumaning mashhur „Temir niqobli odam“ romanidagi bosh qahramon (va haqiqiy mahbus) Dunkirkda hibsga olingan. XVIII dagi shved yollanma askarlari va qaroqchilari Lars Gathenhielm va uning rafiqasi Ingela Hammarga Dunkirkda oʻz daromadlarini sotganlari maʼlum.
Fransiya va Buyuk Britaniya tijoriy va harbiy raqibga aylanganligi sababli, inglizlar Dunkirkning La-Mansh boʻylab oʻtish uchun bosqinchilik bazasi sifatida foydalanilishidan xavotirlanishdi. 1713-yilda Utrext shartnomasi shartlariga koʻra[4], qirgʻoqlar, ularning qal’alari va port inshootlari buzib tashlangan. Yetti-yil]]lik urushni yakunlagan 1763-yildagi Parij shartnomasi Fransiyaning Dunkirkni mustahkamlash huquqlarini cheklovchi bandni oʻz ichiga olgan. Bu band keyingi 1783-yilgi Versal shartnomasida bekor qilindi[5].
Birinchi jahon urushida Dunkirk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunkirk urush paytida vayron qilingan. Shaharni tiklash uchun Britaniya qoʻshinlari tomonidan boshqa joylardan, jumladan, Misr va Xitoydan ishchilarini olib kelishgan.
1915-yildan boshlab shahar kuchli bombardimonlarni boshdan kechirdi. Jumladan 1917-yilda dunyodagi eng katta qurol — nemis „Lange Max“ dan foydalanildi[6]. Bomba portlashi oqibatida 600 ga yaqin odam halok boʻldi va yana 1100 nafar fuqaro va harbiylar yaralandi, 400 ta bino vayron boʻldi va 2400 kishi zarar koʻrdi. 1914-yilda 39000 kishi boʻlgan shahar aholisi 1916-yil iyulida 15000 dan, 1917-yil kuzida esa 7000 kishidan kamayib ketdi.
1916-yil yanvar oyida Dunkirkda aygʻoqchilar borligi haqida aholi orasida qoʻrquv tarqaldi[7]. Oʻsha paytda Toronto Star gazetasining urush muxbiri boʻlgan yozuvchi Robert V.Servis aygʻoqchi sifatida hibsga olindi[8].
1918-yil 1-yanvarda Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti samolyotlarini boshqarish uchun dengiz havo stantsiyasini yaratdi. Baza 1918-yil 11-noyabrdagi sulhdan soʻng qisqa vaqt ichida yopildi.
1917-yil oktabr oyida Dunkirk shahri aholisining urush davridagi jasoratli xatti-harakatlarini taqdirlash uchun Krua de Gerr ordeni va 1919-yilda Faxriy legion va Britaniyaning taniqli xizmat xochi berildi[9][10]. Bu nishonlar shahar gerbida aks etgan[11].
Ikkinchi jahon urushidagi Dunkirk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Evakuatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi Jahon urushi paytida 1940-yil may oyida Fransiyaga qarshi jangda, Britaniya Ekspeditsiya Kuchlari (BEF) fransuz va Belgiya qoʻshinlariga yordam berdi, lekin nemislarning kuchli hujumlari oldida chekinishga majbur boʻldi. Belgiya va Fransiyada jang qilayotgan nemislar BEF va fransuz armiyasining hujumlar natijasida Dunkirk porti atrofidagi hududga chekintirdi. 400 000 dan ortiq askarlar qamalga tushib qoldi. Kutilmaganda, nemislarning Panzer hujumi muhim pallada bir necha kun toʻxtadi[12]. Koʻp yillar davomida Adolf Gitler nemis armiyasiga hujumni toʻxtatib, Luftvaffe tomonidan bombardimon qilishni buyurgan deb taxmin qilingan[13]. Biroq, „A“ armiya guruhining rasmiy urush kundaligiga koʻra, uning qoʻmondoni Generaloberst Gerd fon Rundstedt yarmi ishdan chiqqan tanklariga texnik xizmat koʻrsatishga ruxsat berish va ochiq qanotlarini himoya qilish uchun toʻxtashni buyurgan degan taxmin ham bor. Bu sukunat ingliz va fransuzlarga mudofaasini mustahkamlash uchun bir necha kun vaqt berdi. Ittifoqchilarning pozitsiyasi Belgiya qiroli Leopold III ning 27-may kuni taslim boʻlishi bilan murakkablashdi va bu 28-mayga qoldirildi. Belgiya armiyasi qoldirgan boʻshliq Ypresdan Dixmudegacha choʻzilgan. Shunga qaramay, hujumlarning oldi olindi. Bu esa Dinamo operatsiyasi nomini olgan La-Mansh boʻylab dengiz orqali evakuatsiyani boshlash imkonini berdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill katta yoki kichik boʻlgan har qanday kema yoki qayiqni qamalda qolgan askarlarni qutqarishga buyurdi. 338 226 kishi (shu jumladan 123 000 fransuz askari) evakuatsiya qilindi — bu Cherchill aytganidek, Dunkirk moʻjizasi deb nom oldi. BEFni evakuatsiya qilish uchun 900 dan ortiq kema kerak boʻldi, qutqarilganlarning uchdan ikki qismi port orqali olib ketildi va 100 000 dan ortiq kemalar plyajlardan olib ketildi. 40 000 dan ortiq mashina, shuningdek, katta miqdordagi boshqa harbiy texnika va materiallar qutqaruvga safarbar qilingan. Qirq ming ittifoqchi askar (baʼzilari rasmiy evakuatsiya qilinganidan keyin urushni davom ettirgan) qoʻlga olingan yoki turli yoʻllar, shu jumladan neytral Ispaniya orqali uyga qaytishga majbur boʻldi. Yura olmaydigan koʻplab yaradorlar tashlab ketildi.
Ozodlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1944-yilda kanadalik 2-piyoda askarlari diviziyasi Normandiya jangidagi gʻalabadan keyin ittifoqchilar kuchlari shimoli-sharqqa koʻtarilib, sentabr oyida shaharni ozod qilishga urinib koʻrdilar. Biroq, nemis qoʻshinlari qal’aga aylantirgan shahar ustidan nazoratni boʻshatishdan bosh tortdilar. Hozirda strategik jihatdan ahamiyatsiz boʻlgan shaharni egallab olish boshqa joylarda zarur boʻlgan juda koʻp ittifoqchi resurslarni jalb qilardi. Ittifoqdosh qoʻshinlar, xususan Chexoslovakiyaning 1-zirhli brigadasi bilan nemis garnizonini chetlab oʻtdi. Germaniya ishgʻoli paytida Dunkirk asosan ittifoqchilarning bombardimonlari natijasida vayron qilingan. Dunkirkning artilleriya qamalini urushning soʻnggi kunida 652-sonli RAF otryadi va 665-sonli RCAF eskadronining uchuvchilari boshqargan. Qal’a nemis admirali Fridrix Frisius qoʻmondonligi ostida 1945-yil 9-mayda Chexoslovakiya qoʻshinlari qoʻmondoni brigada generali Alois Liskaga soʻzsiz taslim boʻldi[14].
Urushdan keyingi Dunkirk
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yil 14-dekabrda Norvegiyaning avtomobil tashuvchi MV Trikolor Bagamiyada roʻyxatdan oʻtgan Kariba bilan toʻqnashib ketdi va Dunkirk bandargohi yaqinida choʻkib ketdi, bu esa La-Mansh boʻylab navigatsiya uchun xavf tugʻdirdi[15] .
Aholi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadval va grafikdagi aholi soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Dunkirk kommunasiga tegishli. Dunkirk kommunasi 1969-yilda Malo-le-Beyn, 1971-yilda Rozendael va Petite-Synthe, 1979-yilda Mardik va 2010-yilda Fort-Mardik va Sent-Pol-syur-Mer kommunalarini oʻz ichiga olgan.
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manba: EHESS[16] and INSEE (1968-2017)[17][18] |
Siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunkerk Nordning 13-saylov okrugining bir qismidir. Bu hududdan parlamentga soʻllardan Kristian Xutin saylangan.
Saylov | Nomzod | Partiya | % | |
---|---|---|---|---|
2017[19] | Emmanuel Makron | En Marche! | 54.42 | |
2012 | Fransua Olland | PS | 55.37 | |
2007 | Nikolya Sarkozi | UMP | 52.30 | |
2002 | Jak Shirak | RPR | 79.16 |
Chap tomondagi suratda eski gerbi, oʻng tomonda esa yangi gerbi oʻrin olgan.
Yangi gerbning poydevorida qurollar shaharga berilgan toʻrtta medalning nishonlarini aks ettiradi: Faxriy legion, Krua de Gerre va Birinchi jahon urushi uchun Britaniyaning alohida xizmat xochi; va Ikkinchi jahon urushi uchun ikkinchi Croix de Guerre. Shaharning oʻz bayrogʻi ham bor boʻlib, u oltita gorizontal chiziqdan iborat boʻlib, u muqobil oq va moviy koʻk ranglardan iborat. |
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunkirk Fransiyadagi Gavr va Marsel portlaridan keyin uchinchi yirik portga ega. Sanoat shahri sifatida u asosan poʻlat, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik va kimyo sanoatiga bogʻliq.
Diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunkirkdagi ikkita qoʻngʻiroq sohili Belgiya va Fransiya qoʻngʻiroqlari guruhining bir qismi boʻlib, ularning fuqarolik meʼmorchiligi va arxitekturasini eʼtirof etish uchun 2005-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[20].
Dunkirkdagi ikkita muzey quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Musée Portuaire, port tarixi va mavjudligi haqidagi tasvirlar eksponatlarini namoyish etadi.
- Musée des Beaux-Arts, Flamand, Italiya va Fransiya rasmlari va haykallarining katta toʻplamiga ega.
-
Yolg'onchilar minorasi
-
Dunkirk shahar hokimiyati
-
Dunkerkdagi karnaval
-
Malo-les-Bains plyaj oldi
-
Dunkirk plyaji
-
Dunkirk portining Sharqiy Mole qoldiqlari, 2009-yil
Taniqli aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1.Jan Bart, dengiz qoʻmondoni va xususiy xizmatchi
2.Eugene Chigot, 19-asr post-impressionist rassomi
3.Marvin Gakpa, futbolchi
4.Luiza Lavoye, 19-asr sopranosi
5.Robert Malm, futbolchi
6.Jan-Pol Ruv, aktyor
7.Fransua Rozental, xokkeychi
8.Moris Rozental, xokkeychi
9.Djoumin Sangare, futbolchi
10.Tancrede Vallerey, yozuvchi
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya 1974-yil 15-iyun
- Buyuk Britaniya 1976-yil 12-aprel
- Falastin 1996-yil 2-aprel
- Rostok, Meklenburg-Vorpommern, Germaniya 2000-yil 9-aprel
- Ramat HaSharon, Isroil 1997-yil 15-sentabr
- Xubey, Xitoy 2000-yil 25-26-sentabr
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Répertoire national des élus: les maires“ (fr). data.gouv.fr, Plateforme ouverte des données publiques françaises (2020-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ Pul, Paul Van. In Flanders Flooded Fields: Before Ypres There Was Yser. Pen and Sword, 2007 — 89-bet. ISBN 978-1473814318. „The French name of Dunkerque in fact is derived from the Flemish Duinkerke, which means 'church in the dunes'!“
- ↑ „Correspondence and papers of the first Duke of Ormonde, chiefly on Irish and English public affairs: ref. MS. Carte 218, fol(s). 5 – date: 26-dekabr 1662-yil“ (Description of contents of carte papers). Oxford University, Bodleian Library, Special Collections and Western Manuscripts: Carte Papers (2006). Qaraldi: 17-oktabr 2007-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „> 3D > Dunkirk Sea Forts“. Fortified Places. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-mart.
- ↑ Ward, Sir Adolphus William „1783–1815“ (1922).
- ↑ „Lange Max Museum“.
- ↑ „Robert Service biography“. robertwservice.com. 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2018-yil.
- ↑ Van Wyen, Adrian O.. Naval Aviation in World War I. Washington, D.C.: Chief of Naval Operations, 1969 — 60-bet.
- ↑ „La Grande Guerre (fr)“. Dunkerque & vous. Qaraldi: 9-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Traces of War“. TracesOfWar. Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Les Armoiries de la Ville (fr)“. Dunkerque & vous. Qaraldi: 9-noyabr 2018-yil.
- ↑ Levine, Joshua (2017) Dunkirk, Harper Collins, New York
- ↑ Lord, Walter „2: No. 17 Turns Up“, . The Miracle of Dunkirk (en). New York City: Open Road Integrated Media, Inc., 1982 — 28–35-bet. ISBN 978-1-5040-4754-8.
- ↑ (chexcha) Czech army page (Wayback Machine saytida 2007-12-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „The Tricolor/Kariba/Clary Incident“ (21-mart 2008-yil).
- ↑ Andoza:Cassini-Ehess
- ↑ Population en historique depuis 1968, INSEE
- ↑ Populations légales en vigueur à compter du 1er janvier 2010: 59 — Nord, INSEE
- ↑ „Résultats élections Dunkerque (59140)“. Le Monde.
- ↑ „Belfries of Belgium and France“. UNESCO World Heritage Centre. United Nations Educational, Scientific, and Cultural Organization. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- City council website (fransuzcha)
- Tourist office website