Dunimsar
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Dunimsar — 1) ogʻirlik oʻlchov birligi; qiymati 1 man ning 1/16 ulushiga teng . Oʻrta Osiyoda keng qoʻllangan. Ogʻirlik oʻlchov birligi manning ulushli qiymati ishlatilgan va joyiga qarab har xil boʻlgani uchun D.ning qiymati ham har xil boʻlgan. Buxoroda 2,5 ucmop ham D. deb yuritilib, 54 g ga teng boʻlgan (1 D.=2,5 istor = 2,5-21,6 g = 54 g). Buxoroning 25,6 kg li mani boʻyicha 1 D.= 1,6 kg boʻlgan. 19-asrda katta D. katta (16 pudli) manning 1/16 ulushi, yaʼni 16,38 kg boʻlgan va 1 pud deb, kichik D. kichik (8 pudli) manning 1/16 ulushi, yaʼni 8,19 kg boʻlgan va 0,5 pud deb yuritilgan. D. Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va b. viloyatlarda qariyb qullanilmagan; 2) bugʻdoy ekiladigan yer maydonini ham taxminan belgilashda qoʻllangan birlik; 1 D. bugdoy ekiladigan yer maydoni 1 D. maydon hisoblanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |