Dujayl
Dujayl الدجيل | |
---|---|
Shaharcha | |
33°50′20″N 44°14′53″E / 33.83889°N 44.24806°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Saladin muhofazoti |
Tuman | Dujayl tumani |
Aholisi (2015) |
100,000 |
|
Dujayl (arabcha: الدجيل; alternativ talaffuzi: Ad Dujayl) Iroqning Saladin muhofazotidagi shaharcha. Bagʻdoddan 65 kilometr (40 milya) shimolda joylashgan boʻlib, asosan shialardan iborat 100,000 nafarga yaqin aholisi bor. Bu yerda 1982-yilda Dujail qirg‘ini sodir boʻlib, unda 142 dan 148 nafargacha odam, jumladan, bolalar halok bo‘lgan[1]. 2008-yilda Dujayl portlashi ham sodir boʻlgan. Bir necha yil davomida koʻplab portlashlar ham sodir boʻlgan. Shaharcha IShID terrorchilik hujumini ham qaytargan. U oʻzining xurmolari va uzumlari bilan mashhur boʻlib, unumdor qishloq xoʻjaligi yerlariga ega.
Dujayl qirgʻini va boshqa koʻplab jinoyatlar tufayli qatl etilgan Saddam Husaynga qarshi guvohlik bergan birinchi va ikkinchi guvohlar Dujayldan edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Saddam trial to open with village massacre A little-known massacre at a village where residents tried to assassinate Saddam Hussein in 1982 will be the focus of the first case in the trial of the former Iraqi president. (The Guardian; June 7, 2005)