Drakon togʻlari
Qiyofa
Drakon togʻlari — Afrikaning jan.-sharqidagi togʻlar. Shim.da Sabi daryosidan jan.da Greyt-Key daryosigacha 900 km masofaga choʻzilgan. D. t.ning oʻrta qismiga Lesoto togʻligining sharqiy chekkasi ham kiradi. Jan. Afrikaning eng baland choʻqqilari (Tabana-Ntlenyana togʻi, 3482 m va b.) shu yerda. Hind okeaniga qaragan yon bagʻri zinapoyasimon pasayib tushgan. D. t. Hind okeani havzasiga oquvchi qisqa daryolar bilan Oranj daryosi yuqori oqimi oʻrtasidagi suvayirgʻichdir. Asosan, qumtosh va bazaltlardan tuzilgan. Sharqiy yon bagʻriga yiliga 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi, tropik oʻrmon, butazor va togʻ oʻtloqlari bilan qoplangan. Gʻarbiy yon bagʻrida iqlim keskin kontinental, savanna va butazorlar bor. Milliy parklar tashkil etilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil