Dovul (cholgʻu asbobi)
Qiyofa
Harbiy dovul | |
Urib chalinadigan asbob | |
---|---|
Turi |
Urib chalinadigan musiqiy asbob |
Dovul, doʻl — gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholgʻu. Tovushi uchi yumaloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. D. oʻtmishda asosan harbiy cholgʻu hisoblangan. Hozirgi kunda amaliyotda deyarli qoʻllanilmaydi. Tashqi koʻrinishi, tovush hosil etish yoʻllari bilan D.ga yaqin boʻlgan cholgʻular qozoqlarda — dabil, gruzinlarda — doli, armanlarda — dool, hindlar, eronliklar, af-gʻonlarla — duhul nomlari bilan yuritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |