Donatello
Donatello | |
---|---|
Tavalludi | 1386 |
Vafoti | 13-dekabr 1466 |
Fuqaroligi | Republic of Florence |
Donatello (italyancha: Donatello asli italyancha: Donato di Niccolò di Betto Bardi; taxminan 1386 — Florensiya — 1466.13.12) — italiyalik haykaltarosh, Italiya Uygʻonish davri haykaltaroshligi asoschilaridan. D. ijodida Uygonish davriga xos boʻlgan voqelikni tasvirlashda yangi, realistik tasvir vositalarini izlash, insonga va uning ruhiy ola-miga eʼtibor oʻz aksini topgan. Florensiya sobori yon peshtoqlari uchun ishlangan avliyolar haykallari (1406— 08)da gotikaga xos xususiyatlar saqlangan. Avliyo Georgiy haykali (marmar, 1416)da insonparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari koʻtarinki ruxda aks ettirilgan. D. boʻrtma tasvir (relyef)da chiziq perspektiva imkoniyatlaridan foydalanib oʻziga xos nafis relyef sanʼatini yaratishga muyassar boʻlgan (Paduyadagi Sant-Antonio cherkovi mehrobiga ishlangan relyef, 1446—50), antik davr shakllarini Uygʻonish davriga moslashtirib xaykaltaroshlik namunalarini ("David", bronza, 1430), Uygʻonish davrining birinchi dunyoviy haykalini ("Gattamelate", bronza, marmar, 1447—53 va b.) yaratgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |