Kontent qismiga oʻtish

Dolinsk manzilgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dolinsk manzilgohi - Nalchik sh. yaqinidagi Dolinsk shaharchasidan topilgan jez davri (mil. av. 2-ming yillik) yodgorligi. Qazish ishlari Shimoliy Kavkaz ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan (1930, 1932—33). Har xil kattalikdagi kulba qoldiqlari topilgan. Kulbalar tomi va devorlari chetandan, usti somonli loy bilan suvalgan. Har bir kulbada bir necha tandirsimon oʻchoq qoldigʻi, gʻalla saqlanadigan oʻra, kuygan suyak, sopol siniqlari, tosh qurollar uchraydi. Kvars, obsidian va chaqmoqtoshdan yasalgan pichoq, qirgʻich, oʻroq qadamalari va oyboltalar topilgan. D. m.da mozorqoʻrgʻonlar koʻp. Kulbalar va qabrlardan topilgan ashyolar qad. dolinskliklar chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullanganini koʻrsatadi. Ularning ijtimoiy tuzumi matriarxat davridan patriarxat davriga oʻtish bo-sqichida boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil