Kontent qismiga oʻtish

Docklands Stadium

Koordinatalari: 37°48′59″S 144°56′51″E / 37.81639°S 144.94750°E / -37.81639; 144.94750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Docklands Stadium
Joyi Harbour Esplanade, Docklands, Melbourne, Viktoriya, Australia
Koordinatalari 37°48′59″S 144°56′51″E / 37.81639°S 144.94750°E / -37.81639; 144.94750
Qachon ochilgan 2000-yil 9-mart
Egasi Australian Football League
Operator Australian Football League
Inshoot narxi 460 million Australian dollar
Meʼmor Daryl Jackson
Hajmi 56,347
Maydon egalari
Australian Football League

Docklands Stadium shuningdek, hozirda Marvel Stadium nomi bilan ham tanilgan, Melburn Viktoriya, Avstraliyaning Doklendlar hududidagi sport va koʻngilochar stadiondir. Qurilish 1997-yil oktyabr oyida boshlangan va 2000-yilda yakunlangan. Tahminan 460 million Avstraliya dollari qiymatida mablagʻ sarf etilgan. Stadion tomi ochiladi va oʻrindiqlari toʻrtburchak shaklga oʻtkazish mumkin.[1]

Stadion birinchi navbatda Avstraliya futbol uchun foydalaniladi va dastlab Waverley Park oʻrniga qurilgan.[2] u 2016-yil 7-oktyabrdan buyon oʻyin joyiga eksklyuziv egalik qiladi.[3] 53 000 tomoshabinni sigʻdira oladigan stadion Melburnda ikkinchi oʻrinda turadi va bir qator boshqa sport tadbirlariga mezbonlik qilgan, shu jumladan mahalliy Twenty20 kriket oʻyinlari, Melburn Victory futbol uy uchrashuvlari, regbi ligasi va regbi ittifoqi oʻyinlari shuningdek, maxsus tadbirlar va konsertlar.

Doklend stadioni 1998-yil dekabrda qurilish jarayoni

Stadion 1996-yil 31-oktyabrda Avstraliya futbol ligasining bosh qarorgohi sifatida Ueyverli Parkning oʻrnini bosuvchi markaz sifatida eʼlon qilindi.[4] Stadionning Baulderstone Hornibrook tomonidan qurilishi 1997-yil oktyabr oyida „Viktoriya stadioni“[5] nomi ostida boshlangan va 2000-yilgi AFL mavsumi oldidan yakunlangan. Stadion dastlab Docklands Stadium Consortsium tomonidan ishlab chiqilgan va keyinchalik Seven Network tomonidan nazorat qilingan, stadiondagi qolgan ijara ulushi 2006-yil 21-iyunda Jeyms Fielding Funds Management kompaniyasiga 330 million Avstraliya dollariga sotilgan.[6]

Qurilish bir necha hafta oldin yakunlandi va shu sababli mavsumoldi oʻyinlari rejalashtirilgan baʼzi oʻyinlar boshqa joyga koʻchirildi.[7] Maydondagi birinchi oʻyin Essendon va Port Adelaide oʻrtasida, 43,012 tomoshabin muhlisligi ostida 2000-yil 9-martda boʻlib oʻtdi. Essendon 94 ochko bilan oʻyinda gʻalaba qozondi va Maykl Long birinchi golni urdi.[8][9] Oʻyin yopiq tom ostida oʻtkazilishi kerak edi, ammo texnik muammolar tufayli ochiq qoldi. Olti kundan soʻng, Barbra Streisand maydondagi birinchi kontsertini oʻtkazdi.[10] Stadiondagi uchinchi futbol oʻyini, West Bulldogs va Brisbane Lions oʻrtasidagi 19-mart kuni oʻtkazildi.[7] 2000-yilning 16-avgustida Avstraliya va Janubiy Afrika oʻrtasida "Bir kunlik xalqaro " tadbiri boʻlib oʻtdi.

Egalik huquqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadioni qurish va undan foydalanishni shartlariga koʻra, 2025-yilda AFL nominal 30 million dollar toʻlov evaziga stadion egaligini qoʻlga kiritishi kerak edi,[11] ammo AFL komissiyasi bundan oldinroq, 2016-yil oktyabr oyida taxminan 200 million dollarga stadionning eksklyuziv egalik huquqini sotib olishni tanladi.[12]

  1. „Marvel Stadium“. Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
  2. „Marvel Stadium“. Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
  3. „Done deal: AFL signs off on Etihad Stadium purchase“. Australian Football League (7-oktyabr 2016-yil). 7-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Victorian Venues“. Australian Football League. 2-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2009-yil.
  5. Linnell, Stephen; Shane Green. „City to get $200m high-tech stadium“. The Age (31-oktyabr 1996-yil). 18-iyun 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2009-yil.
  6. Seven sells Telstra Dome stake (21-iyul 2006-yil).
  7. 7,0 7,1 „2000 Review“. Footy Stats. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  8. „Essendon v Port Adelaide“. AFL Tables (9-mart 2000-yil). Qaraldi: 27-oktyabr 2015-yil.
  9. „Marvel Stadium“. Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
  10. Tom Morris. „'We're in trouble': 20 years ago on a hot chaotic night, the AFL changed forever at 'Colonial Stadium'“. Herald Sun (9-mart 2020-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  11. „AFL will fight Docklands all the way: Demetriou“. ABC News (25-iyun 2009-yil).
  12. „Done deal: AFL signs off on Etihad Stadium purchase“. Australian Football League (7-oktyabr 2016-yil). 7-oktyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.