Kontent qismiga oʻtish

Doʻstmurod Saidmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doʻstmurod Saidmurodov
Tavalludi 20-fevral, 1931-yil
Vafoti 5-iyul, 2021-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Doʻstmurod Saidmurodov (1931-yil 2-fevral, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2021-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston) – davlat arbobi, oʻqituvchi, sharqshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent, professor. Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Tojikiston Fanlar akademiyasi aʼzosi.

Doʻstmurod Saidmurodov 1931-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktab taʼlimini olgach, 1945-yili Samarqand davlat universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Ushbu oliygohni 1949-yili muvaffaqiyatli tamomlagan.

U 1951-yildan 1953-yilgacha Samarqand shahridagi Qizil qalʼa mahallasidagi maktabda tarix fanidan dars bergan. Doʻstmurod Saidmurodov 1958-yildan 1960-yilgacha Tojikiston fanlar akademiyasining sharqshunoslik boʻlimi xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 1960-yilda esa Rossiya fanlar akademiyasining sharqshunoslik institutining aspirantura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. Doʻstmurod Saidmurodov 1963-yili Afgʻonistonning Jalolobod shahridagi qurilish boʻlimida tarjimon sifatida faoliyatini davom ettirgan[1]. U 1963-yildan 1965-yilgacha Dushanbe markaziy Kommunistik maktabida tarix fanidan dars bergan. 1969-yildan 1972-yilgacha Tojikiston sotsialistik partiyasida masʼul xodim boʻlib ishlagan. Doʻstmurod Saidmurodov 1980-yildan 1983-yilgacha Afgʻoniston Respublikasidagi partiyalarning birida diplomat sifatida faoliyat yuritgan. U 1983-yil Tojikiston davlat sharqshunoslik instituti rektori etib tayinlangan. 1985-yildan 1986-yilgacha Tojikiston davlat televideniyesidagi „Axborot“ dasturida teleboshlovchilik qilgan[2]. U koʻplab ilmiy ishlar va maqolalar muallifi. Ilmiy maqolalari Moskva, Sankt Peterburg, Toshkent, Tehron, Qobul va Praga shaharlarida chop etilgan[3].

Doʻstmurod Saidmurodov 2021-yil 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida vafot etgan.

  1. „Дӯстмурод Саидмуродов“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. „Дӯстмурод Саидмуродов“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  3. Aslho va naslho. – Dushanbe, 2013, – Dushanbe,2013, – S. 121. – 184 c. – ISBN 978-99947-958-2-6