Doʻrmon yoʻli koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 3 km |
Avvalgi nomlari |
Elektrokabel koʻchasi Fayzulla Xoʻjayev koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Oʻzkabel aksiyadorlik jamiyati Akademiklar shaharchasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maʼmuriy binolari Mirzo Ulugʻbek xiyoboni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi |
Doʻrmon yoʻli koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumani hududida. Bogʻishamol va Temur Malik koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 3 km atrofida.
XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Koʻcha boshida kabel zavodi boʻlganligi tufayli dastlab „Elektrokabel“ nomi bilan yuritilgan. 1967-yil 29-martda koʻchaga davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev (1896-1938) nomi berilgan. Joyning tarixiy nomini tiklash va yoʻlning Doʻrmon qishlogʻiga olib chiqishini nazarda tutgan holda 2008-yil 6-mayda koʻchaga hozirgi nomi berildi. Koʻchaning davomi boʻlgan Zulayho koʻchasi ham 2008-yil 2-sentabrda shu nom bilan qayta nomlandi[1].
Mirzo Ulugʻbek, Ziyolilar, Buyuk Ipak Yoʻli va boshka koʻchalar bilan kesishadi. Yoʻnalishida Oʻzkabel aksiyadorlik jamiyati, Akademiklar shaharchasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maʼmuriy binolari, Mirzo Ulugʻbek xiyoboni, Toshkent-Chorvoq temir yoʻl, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining sport majmuasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va boshka muassasalar joylashgan. Qorasuv kanali, Toʻrtariq va Yalangʻoch arigʻi oqib oʻtadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.