Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Tersitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dmitriy Konstantinovich Tersitskiy (1903 — 1974) — Sovet iqtisodiyoti, davlati va siyosiy arbobi.

U 1903-yilda Toshkent shahrida tug‘iladi. Tersitskiy 1944-yildan SIKP (Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi) a’zosi.

Dimitriy Tersitskiy 1922-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. U 19221974-yillarda — irrigator-muhandis, Shimoliy Farg‘ona kanali qurilishi bosh muhandisi, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, 389-o‘qchilar diviziyasi 1279-o‘qchilar polki aloqa bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan irrigatorchi, “O‘zsuvqurilish” tresti boshqaruvchisi, "Boshquruqcho‘lqurilish" tresti boshlig‘i, “Sredazgiprovodxlopok” instituti direktori lavozimlarida ishlaydi.  

Keyinchalik u O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 7 va 8-chaqiriqlari deputati etib saylanadi.  

Dimitriy Tersitskiy sug‘orishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish va quruq cho‘l lalmi yerlarini birlamchi kompleks o‘zlashtirilgani uchun 1972-yilda jamoa tarkibi bilan Lenin mukofoti bilan taqdirlanadi.

U 1974-yilda Toshkentda vafot etadi.