Dmitriy Poznanskiy
Dmitriy Poznanskiy | |
---|---|
Tavalludi |
1904-yil |
Vafoti |
28-fevral 1943-yil Bazaliivka, Xarkov viloyati, Ukraina SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | rejissyor, ssenariynavis |
Dmitriy Alekseyevich Poznanskiy (1904-yil, Toshkent – 1943-yil 28-fevral, Ukraina SSR, Xarkov viloyati Chuguyevskiy tumani Bazaliivka, SSSR) – sovet kinorejissyor, Odessa kinostudiyasi direktori (1940–1941).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Poznanskiy 1927-yilda Davlat kinematografiya kollejining (DKK) rejissyorlik fakultetini tamomlagan. 1929-yilda Aleksandr Strijak bilan birgalikda suratga olingan „Yeyo put“ filmida debyut qildi.
Dmitriyning navbatdagi „Nenujnaya vrajda“ (1930) filmi ekranga yuzini koʻrmadi ham, saqlanmadi ham[1].
1931-yilda „Zabit nelzya“ filmini suratga oldi. Dmitriy „Mejrabpomfilm“ kinofabrikasida direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan[2].
Dmitriy Alekseyevich 1934-yilda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Poznanskiyni Tojikiston SSRga rahbarlik qilishga yubordi. 1934-yil apreldan 1935-yil iyulgacha Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Kino va fotosanoat boshqarmasi boshligʻi[3][4] hamda „Tojikkino“da direktor boʻlib ishlagan[2].
KPT Markaziy Komiteti Byurosining 1935-yil 13-iyuldagi qarori bilan Dmitriy Alekseyevich „ishning barbod boʻlishiga yoʻl qoʻygani, apparatni sinfiy yot elementlar bilan toʻsib qoʻygani, davlat mablagʻlarini isrof qilgani, ishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻygani uchun“ lavozimidan chetlashtirilgan.
Rejissyor Dmitriy 1936-yilda Yuriy Vasilchikov bilan birgalikda „Ay-Gul“ filmini suratga olgan.
1938-yilda uning Albert Gandelshteyn bilan birgalikda „Poyezd idyot v Moskvu“ filmi chiqdi. Dmitriy 1939-yilda mustaqil ravishda „Vozdushnaya pochta“ filmini suratga oldi.
Dmitriy 1940–1941-yillarda Odessa kinostudiyasining direktori boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriyning rafiqasi Polina Yevseyevna Poznanskaya rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. Oʻgʻli Vladimir Dmitriyevich Poznanskiy (1932-yilda tugʻilgan) fuqaro aviatsiyasi navigatori va jurnalist boʻlgan. Kichkina oʻgʻli Aleksey Dmitriyevich Poznanskiy (1939–1999) rejissyor va nabirasi Dimitriy Alekseyevich Poznanskiy (1974–2010) ruhoniy boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Margolit Ye., Shmirov V. Izʼyatoe kino. M., 1995, s. 14.
- ↑ 2,0 2,1 Kinovedcheskie zapiski. – Moskva, 2008. – № 86, s. 92.
- ↑ „ПОЗНАНСКИЙ | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
- ↑ Xabur V. P. Kak molodi mi bili… / Jizn v kino: Veterani o sebe i svoix tovariщax: sbornik. Vip. 3-y / Soyuz kinematografistov SSSR. Komissiya veteranov; sost. O. T. Nesterovich. – M. : Iskusstvo, 1986, s. 299.