Dmitriy Popovich
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 5-avgust 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Sovet Ittifoqi | ||
Boʻyi | 1.91 m (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001 | Constructorul Chişinău | 2 | (0) |
2002 | Sheriff Tiraspol | 2 | (0) |
2003—2007 | Tiligul Tiraspol | 71 | (10) |
2007 | Al-Ittihad | ||
2007—2008 | Tiligul Tiraspol | 24 | (1) |
2008 | Dinamo Bender | 13 | (1) |
2009—2013 | Dacia Chişinău | 99 | (6) |
2013—2014 | Tiraspol | 14 | (1) |
2014 | Buxoro FK | 11 | (0) |
2015—2016 | Saxan Ceadîr-Lunga | 11 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2001 | Moldova U19 | 3 | (0) |
Moldova U21 | 1 | (0) | |
2009— | Moldova | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2015-yil 7-avgust uchun) |
Dmitriy Anatolyevich Popovich (rumincha: Dumitru Popovici; 1983-yil 5-avgust, Rybnitsa, Moldova) — moldaviyalik futbolchi. Moldova terma jamoasida himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional faoliyatining boshida Popovich „Konstruktorul“ va „Sheriff“ jamoalarida oʻynagan. Sheriff safida 2001—2002-yilgi mavsumda atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, Moldova chempionati va kubogini qoʻlga kiritgan. 2003-yildan 2007-yilgacha „Tiligul-Tiras“ klubi bilan yuqori divizionda oʻynagan. Klub safida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. 2007-yilda Suriyaning „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynagan va Osiyo chempionlar ligasida 5 ta oʻyin oʻtkazgan. 2008-yilning kuzida „Dinamo“ jamoasida oʻynagan.
2009-yil boshida Kishinyovning Dacia klubiga oʻtdi. Bu klubda toʻrt yarim mavsum davomida mamlakat chempionatida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazdi. 2010—2011-yilgi mavsumda klub bilan Moldova chempioni, 2008—2009-, 2011—2012- va 2012—2013-yilgi mavsumlarda kumush medal sohibi boʻlgan.
2013-yilning yozida Tiraspolga oʻtdi. Klubda yarim mavsum oʻynadi. Keyin esa Cheadir-Lunganing „A“ divizioni vakili boʻlmish „Saksan“ jamoasida oʻynadi. Klub bilan turnir gʻolibiga aylandi. 2014-yilning kuzida „Buxoro“ safida O‘zbekiston oliy ligasida o‘ynadi. Klub ligada 14 jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi.
Dmitriy oʻz vataniga qaytgach, yana „Saksan“da oʻynadi, 2015—2016-yilgi mavsumda Bălți klubiga oʻtdi. Mavsum tugashidan oldin esa Saksan klubiga qaytdi.
Faoliyatining oxirida ikki mavsumni oliy divizion autsayderi „Dinamo-Avto“ safida o‘tkazgan, so‘ngra A divizionida „Spartaniy“ va „Iskra“ klublarida to‘p surgan.
Moldova oliy divizionida umumiy 290 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Xvrokubok oʻyinlarida qatnashgan.
Moldova oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Moldova terma jamoasida yagona oʻyinini 2009-yil 10-iyunda Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan[1][2] .
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Moldova chempioni: 2001—2002, 2010—2011
- Moldova chempionatining kumush medali sovrindori: 2008—2009, 2011—2012, 2012—2013
- Moldaviya kubogi sohibi: 2001—2002
- Moldova kubogi finalchisi: 2008—2009, 2009—2010
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akasi Aleksandr ham futbolchi, Moldaviya terma jamoasi hujumchisi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ru:Виктор Булат и Дмитрий Попович вернулись в "Дачию"“ (Russian). Moldova Sports (2010-yil 24-mart).
- ↑ „Белоруссия — Молдавия — 2:2“. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
- ↑ Dumitru Popovici
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Futbolfacts.ru saytidagi profil da arxiv nusxasi
- Dmitriy Popovich National-Football-Teams.com saytida