Dmitriy Chernov
Dmitriy Konstantinovich Chernov (1839, Peterburg — 1921, Yalta) — metallurgiya va metallshunoslik sohalari boʻyicha rus olimi, hozirgi zamon metallshunosligi asoschisi, rus metallurgiya va metallshunoslari yirik ilmiy maktabini yaratgan. Peterburg amaliy texnologiya intini tugatgan (1858), shu intda oʻqituvchilik qilgan (1859—1866), Peterburg ggoʻlat quyish zdida muhandis boʻlib ishlagan (1866-yildan), Donbassda toshtuz konlari qidirish bilan shugʻullangan (1880—1884), Peterburgda Dengiz texnikasi kombinatida ishlagan (1884-yildan). Chernov 1889-yildan Mixaylov art. akademiyasida professor.
Asosiy ilmiy ishlari metallarga termik ishlov berish masalalariga doyr. Chernov poʻlatni qattiq holatda qizdirganda va sovitganda uning fazaviy uzgarishini kashf etdi, shu jarayondagi kritik nuqtani aniqladi. Poʻlatni qizdirishda yuz beradigan ichkipolimorfik oʻzgarishlarni taʼminlaydigan nuqta "Chernov nuqtasi" deb ataladi. Chernov poʻlat quymasining kristallanishi va strukturasi nazariyasini ishlab chiqdi. Uning metallarga doyr olib borgan tadqiqotlari hozirgi zamon metallshunosligi va poʻlatni termik ishlash masalalarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Chernovning metallurgiya texnikasini takomillashtirishga doir ishlari juda muhim.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |