Kontent qismiga oʻtish

Distribyutor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Distribyutor, distributor (ing. distributior — taqsimlash) — mintaqaviy (mahalliy) bozorlarda muay-yan turdagi tovarlarni koʻtara sotib olish va sotish bilan shugʻullanuvchi firma yoki tadbirkor. D. tovar ishlab chiqaruvchi korxona bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma asosida oʻz nomidan va oʻz hisobidan ish yuritadi. Maxsus D.lik bitimida tayyor mahsulotni so-tuv oldidan koʻrsatilgan xizmat uchun tovarning koʻtara narxiga qoʻyiladigan ustamalar meʼyori; tovarning koʻtara narxidan chegirma; tovar partiyasining hajmi va uni yetkazib berish tartibi; toʻlov turlari va b. aks etadi. Us t ama (chegirma)lar D.ning daromad manbai hisoblanadi. D. tovarni sotishdan tashqari marketing xizmatini koʻrsatadi, shuningdek, sotib olingan texnik jihozlar, uskunalar (mas, kompyuterlar va uning yordamchi jihozlari)ni oʻrnatish, ishga tushirish, ulardan foydalanishga oʻrgatish, ehtiyot qismlarni sotish, taʼmirlash va b. ishlarni ham bajarishi mumkin. Bunday xizmatlar D.lik xizmati deyiladi. D. tar-mogʻining asosiy vakolatxonasi Bosh D. hisoblanadi. Bosh D. tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning muayyan bozordagi asosiy vakili hisoblanadi va tayyor mahsulotni sotish shu vakil op-kali yoki korxonaning oʻz agentlik tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil