Kontent qismiga oʻtish

Disklash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Disklash, tuproqni disklash — yerning ustki haydalma qatlamini diskli borona va yumshatgichlar (lushchilnik) bilan ishlash. D.da tuproqni yumshatish, maydalash, aralashtirish va qatlamni yuza agʻdarish ishlari bajariladi. Chimli yerlarda ajriq va shunga oʻxshash oʻtlarni yoʻqotish, chim palaxsa koʻchmasligini oldini olish maqsadida yer haydashgacha oʻtkaziladi. Sugʻorma dehqonchilik sharoitida qumoq tuproqlarda D. yer haydashdan oldin yoki dalani ekin ekishga tayyorlashda; palaxsali shudgorni ishlashda, hali yetilmagan yerni bahorgi haydovdan soʻng yoki bahorgi boronalash kechikkanda, oraliq ekin ekish uchun yozgi shudgor vaqtida 10—12 sm chuqurlikda oʻtkaziladi. Haydalgan bedapoyalarda qayta koʻkargan oʻt va bedalarni yoʻqotish, eski bedapoyalarda tuproq aeratsiyasini yaxshilash, shuningdek, yangi poyalarni koʻkartirish uchun D. yaxshi samara beradi. Biroq, ildizpoyali begona oʻt bosgan yerlarni ekishdan oldin D. dalaning yanada oʻt bosishiga olib keladi (ildizpoya maydalanib, dalaga yoyilib ketadi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil