Diskalkuliya
Diskalkuliya (/ˌdɪskælˈkjuːliə/) [1][2][3][4] — arifmetikani tushunishda yoki oʻrganishda qiyinchilikka olib keladigan kasallik turi.Bu asosan raqamlarni tushunishda, ular ustida hisob amalga oshirishda, matematikadagi maʼlumotlarni oʻrganishda yuzaga keladigan qiyinchilik bilan bogʻliq.Baʼzida bu kasallik nomi matematik tushunmovchilik deb ham ataladi.Dyslexia yana bir boshqa kasallik boʻlib, Diskalkuliya ga aloqador emas.
Koʻrsatkichlar shuni koʻrsatadiki, Diskalkuliyaning tarqalishi aholining 3 % dan 5 % qismigina bu kasallikkka chalinadi.2015-yilda, dyscalcula bilan kasallangan bolalarning 11 % ida ADHD borligi aniqlandi.
Miya shikastlanishining ba'zi turlari natijasida matematikani tushunmaslik sodir bo'lishi mumkin,shunday holatda ''acalculia''atamasi ichki,tug'ma va yillar davomida kelib chiqadigan Diskalkuliya so'zining o'rniga ishlatiladi.
Belgilari va kasallikka chalinish sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]''Diskalkuliya'' ning ilk paydo bo'lishi bir qarashda,sanamay turib, obyektlarning qanchaligini yoki nechtaligini bilish qobiliyatining yo'qolishi natijasida sodir bo'ladi. 5 yoshli bola bir qarashda 6 ta narsani sanay oladi,ammo ''Diskalkuliya'' ga chalingan bolalarni o'zining tengqurlari bilan taqqoslasak,ular obyektga uzoq muddat qarab turganda ham nechtaligini ayta olmaydi.Bu kasallik yosh kategoriyasi bo'yicha har xil belgilarga ega.Bolalar katta bo'lgani sari kasallikka qaramlik ortaveradi,ammo belgilari maktab yoshidayoq paydo bo'ladi.Odatiy belgilari aqliy muammolarni yechishda, oddiygina vaqtni ayta olmaslik, raqamli soatni tushunmaslik, hattoki mashina tezligini ayta olmasligidadir.
Umumiy simptomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diskalkuliya odatiy arifmetik amallarni qiyinchilik bilan bajarish bilan xarakterlanadi.Bulaar quyidagicha:
- Analog soatlarni ayta olmaslik qiyinchiligi [5]
- Ikki raqamdan qaysi biri kattaroq ekanligini aytish muammosi
- Ketma-ketlikda bajariladigan topshiriqlar;
- Moliyaviy rejalashtirish yoki byudjetni, boshqara olamslik;masalan, xarid savatidagi buyumlarning narxini baholash yoki chek daftarchasini balanslash
- Koʻpaytirish, ayirish, qoʻshish va boʻlish jadvallari, arifmetika va boshqalar bilan bogʻliq qiyinchiliklar.
- Qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlishda mos kelmaydigan natijalar
- Raqamlarni yozish, oʻqish va eslab qolishda quyidagi sohalarda xatolar boʻlishi mumkin: raqamlarni qoʻshish, almashtirish, koʻchirish, tushirish va qaytarish
- Matematik tushunchalarning yomon xotirasi (saqlash va qayta tiklash); bir kun matematik amallarni bajara olishi mumkin, kitob ishlarini bajarishi mumkin, lekin keyin testlardan oʻta olmaydi
- Matematikani yuqori darajada tushunish qobiliyati, ammo bu tushunchalarni amaliyotga tatbiq eta olmaslik
- Raqamlarning nomlarini eslab qolishda qiyinchilik yoki baʼzi bir xil raqamlar bir xil „xis“ deb oʻylash (masalan, ularni oʻqish yoki eslashda bir xil ikkita raqamni tez-tez almashtirish)
- Chap va oʻngni farqlash bilan bogʻliq muammolar
- Vaqt, yoʻnalish, eslab qolish kerak boʻlgan jadvallar, voqealar ketma-ketligi, vaqtni kuzatish;
- Xaritalarni oʻqish qiyinligi [6]
- Vaqtni tushunishda qiyinchilik (masalan „X“ vaqtida biror joyda boʻlish kerak boʻlsa, soat nechada ketish kerak)
- Nota yozuvlarini oʻqish qiyinligi
- Xoreografik raqs qadamlarini bajarish bilan bogʻliq qiyinchilik
- Ob’ektni yoki masofani oʻlchashda aqliy jihatdan qiyinchilik (masalan, biror narsa 3 yoki 6 metr (10 yoki 20 fut) uzoqlikda boʻladimi)
- Matematik tushunchalar, qoidalar, formulalar va ketma-ketliklarni tushunish va eslay olmaslik
- Aqliy intensiv vazifalarga diqqatni jamlay olmaslik
- Ismlarni notoʻgʻri eslab qolish, notoʻgʻri ism/yuzni qidirish, bir xil harf bilan boshlangan ismlarni almashtirishi mumkin.[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ American Heritage Dictionary
- ↑ Collins Dictionary
- ↑ Oxford Dictionaries Online[sayt ishlamaydi]
- ↑ Random House Dictionary
- ↑ Posner, Tamar. Diskalkuliya in the Making: Mathematical Sovereignty, Neurological Citizenship, and the Realities of the Dyscalculaic, 2008. ISBN 978-1-243-99265-9.
- ↑ „Directional Confusion May Be a Sign of Dyslexia“ (en-US). Edublox Online Tutor | Development, Reading, Writing, and Math Solutions (2017-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
- ↑ „West Virginia University“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.