Kontent qismiga oʻtish

Diredava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diredava, Diredaua — Efiopiyadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. Aholisi 195 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, sement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi rayonining (kofe, chorva mollari) savdo markazi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil