Diplomatik boshpana
Diplomatik boshpana — biron-bir shaxsga, siyosiy sabablarga koʻra taʼqib qilinganda, xorijiy diplomatik vakolatxona yoki konsullik vakolatxonada yashirinish imkonini berish. Xalqaro huquqqa muvofiq, diplomatik vakolatxona yoki konsullik vakolatxona binolarining daxlsizligi, yashab turgan davlat tomonidan sodir etgan qonunbuzarliklari uchun taʼqib qilinayotgan shaxslarga boshpana berish huquqini bermaydi. Diplomatik vakolatxonaning rasmiy faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda diplomatik vakolatxona binolaridan foydalanishni man qiluvchi bu tartib 1961-yildagi Diplomatik munosabatlar haqidagi Vena konvensiyasida oʻz aksini topgan.
Diplomatik boshpana berish oʻz xarakteriga binoan davlatning ichki ishlariga aralashish maʼnosini bildiradi. Vakolatxona rahbarining vazifasi oʻz davlati manfaatlarini himoya qilishdir. Boshpana berish, qanchalik insoniy harakat boʻlmasin, oʻzi mezbon davlatning ichki ishlariga aralashmasligi lozim[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi