Kontent qismiga oʻtish

Dioksanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dioksanlar — oddiy siklik efirlar. Mol. m. 88,10, rangeiz yonuvchan suyuqlik. Suv, spirt va efirga yaxshi aralashadi. Suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz oksidlovchilar, suyultirilgan kislota va ishqorlar, ammiak taʼsiriga chidamli. Barkaror komplekslar, mas, Br2, SO,, fosfat kislota bilan bromlash, sulfidlash, fosforillashda qoʻllanadigan birik-malar olishda ishlatiladi. Kimyoviy xossalari jihatidan oddiy alifatik efirlarga oʻxshaydi. Etilenglikolni sulfat kislota bilan haydab olinadi. Atsetilsellyuloza, smola, kauchuklar, mineral va oʻsimlik moylarini yaxshi eritadi. Koʻpgina boʻyoq va detergentlarga erituvchi sifatida qoʻshiladi. Neft moylarini tozalashda ishlatiladi. Uchta izomeri mavjud: 1,2 D; 1,3 D va 1,4 D. 1,2 D piroksid, gidrogenlanganda 1,4-butandiol, kislotali yoki ishqoriy mu-xitda gidrolizga uchratilsa, 4-gidroksi-moy aldegid hosil qiladi. Qaynash temperaturasi 116—117°, zichligi 1000,9 kg/m3. 1,2 D bis-metilsulfonat 1,4-butandiolga vodorod peroksid taʼsir ettirib olinadi. 1,3 D — kimyoviy xossalari jihatidan siklik atsetal. Suyuqlanish temperaturasi 42°, qaynash temperaturasi 105°, zichligi 1034,2 kg/m3. SNO bilan 1,3-propandiolni oʻzaro taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. 1,3 D yelim (elastiklik xususiyatini oshiradi), boʻyoq (saqlanganda boʻyoq yuzasida parda hosil boʻlishini kamaytiradi) i. ch.da qoʻllanadi. 1,4 D (dietilendioksid) — oʻta gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 11,3°, qaynash temperaturasi 101,32°, zichligi 1033,6 kg/m3.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil