Dina (Yoqubning qizi)
Qiyofa
Dina | |
---|---|
Rassom Jeyms Tissot tomonidan tasvirlangan Dinani o'g'irlanishi kartinasi | |
Tavalludi | предп. mil. avv. 1700[1] |
Vafoti | предп. mil. avv. 1590[1] |
Otasi | Yoqub |
Onasi | Leax |
Dina (ivritcha: דִּינָה) Eski Ahd qahramoni, Yoqubning yagona qizi. Uni Tavrotda Kanʼon yoki Xiv urugʻi boshligʻi Xamoʻrning oʻgʻli Shakam zo'rlagani haqida epizodlar mavjud boʻlib, buning uchun akalari bu yurtning barcha erkaklarini va shahzodaning o'zini o'ldirishgani haqida yozilgan[2].
Ibtidoda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoqub Lobonni yoniga borganidan keyingi oʻn uchinchi yilida uning qizi Leaxdan Dina tugʻildi[3] va olti oʻgʻildan keyin uning so'nggi, ettinchi farzandi bo'ldi. Taxminan bir yil o'tgach[4], Yoqubning o'n birinchi o'g'li Yusuf Rohiladan tug'ildi[5] va Yoqub oʻz yurtiga ketishga tayyor edi[6], lekin yana olti yil qoʻshilib, jami 20 yilni Lobon bilan o'tkazdi[7]. Keyin Yoqub oilasi bilan Suxoʻt orqali[8] Kanʻon yurtidagi Shakam shahriga qaytib keldi[9].