Dilshod ofo begim
Dilshod ofo begim (? - 1383) — Amir Temuripnt xotinlaridan biri. Amir Temur 1374 yil Jeta (Moʻgʻuliston) hukmdori Qamariddinga qarshi qoʻshin tortib, raqibini taʼqib etib Uchfarmon va Otboshi orqali sharqdan Fargʻona vodiysiga kirganda, oʻgʻli Jahongir Mirzo Qamariddinning lashkarboshisi Shamsuddinbekning xotini Buyon ogʻo va qizi Dilshod ogʻoni asir tushirib otasi oʻrdugohi (Arpa mavzei)ga keltirgan. Amir Temur D. o. b.ga mayl bildirib unga uylangan. D. o. b. Amir Temurning harbiy safarlarida unga doimo hamroh boʻlgan. Amir Temur Xurosondagi Xabushon sh. (hoz. Kuchon)ni egallagan paytda (1383) Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, "...Mahdi ulyo Dilshod ogʻogʻa marazi paydo boʻlib, Samarqand sori yibardilar... Toʻngquz yilida, yetti yuz sekson beshda (1383 yil yozi) hazrat sohibqironning haram muhtarami Dilshod ogʻo vafot boʻldi" ("Zafarnoma", T., 1997, 98-6.). D. o. b.dan farzand boryoʻqligi haqida aniq maʼlumot yoʻq.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |