Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Fayzullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilorom Shukurovna Fayzullayeva (1956-yil 26-may, Zomin tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Sirdaryo pedagogika institutini tugatgan (1977). 1972-yildan Zomin tumanidagi 60-maktabda, Sardoba tumanidagi 4-maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtadi.