Kontent qismiga oʻtish

Dilfuza Mahmudova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilfuza Meliyevna Mahmudova
Tavalludi 4-fevral 1974-yil (1974-02-04) (50 yosh)
Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi matematik olim
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Dilfuza Meliyevna Mahmudova (1974-yil 4-fevral, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (2022), dotsent (2021).

Dilfuza Mahmudova 1974-yil 4-fevral Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Toshkent davlat universiteti matematika fakultetini tamomlagan. 1998—1999-yillarda Toshkent shahri Sobir Rahimov tumanidagi 326-maktabida matematika oʻqituvchisi, 1999—2002-yillarda shu tumandagi 119-maktabda matematika oʻqituvchisi, 2002—2003-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllari instituti oliy matematika kafedrasi assistenti, 2003—2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik litseyda matematika oʻqituvchisi, 2007—2009-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oliy matematika kafedrasi assistenti, 2009—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti yadro va nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2015—2016-yillarda mexanika-matematika fakulteti geometriya kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2016—2018-yillarda universitet doktoranti, 2018—2020-yillarda ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dosenti, 2020—2021-yillarda Chirchiq davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika kafedrasi, 2021-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti matematika oʻqitish metodikasi va geometriya kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilfuza Mahmudova 2018-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish boʻyicha „Muammoli masalalar yordamida talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yil 30-noyabrda taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2022-yilda „Muammoli taʼlim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. 2 ta monografiya, 4 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 50 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.