Kontent qismiga oʻtish

Dilbarxon Mamajanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilbarxon Rahmatovna Mamajanova (1967-yil 13-oktabrda tugʻilgan, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2020-yildan Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilbarxon Rahmatovna 1967-yil 13-oktabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1990-yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. Kasbi boʻyicha elektrotexnika muhandisi.

Mehnаt fаoliyatini 1990-yildа Farg‘ona Kimyoviy tolalar zavodi elektromagnit o‘lchovlar laboratoriyasi muhandisi sifatida boshlagan. 1999-2007-yillаrdа Harbiy xizmatchi bo‘lgаn. 2008-2013- yillаrdа Farg‘ona shahar “UzDunrobita-MTS” kompaniyasi operatori, 2013-2016-yillаrdа O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, 2016-2020- yillаrdа O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi lavozimlarida fаoliyat olib borgаn.

2020-yildan Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, shuningdek, Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan[1][2][3].