Kontent qismiga oʻtish

Dilbar Abdurahmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilbar Abdurahmonova
Tavalludi 1-may 1936-yil
Vafoti 20-mart 2018-yil(2018-03-20)
(81 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniXalqlar doʻstligi ordeni

Dilbar Gʻulomovna Abdurahmonova (1936-yil 1-may, Moskva – 2018-yil 20-mart) – dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1969), Gʻulom Abdurahmonovning qizi. R. Glier nomidagi musiqa maktabini (1945-1955-yillar), Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1960). 1957-yildan Navoiy teatri simfonik orkestrida skripkachi, 1960-yildan dirijyor, 1974-1990-yillarda bosh dirijyor. Ilk bor J. Verdining „Aida“ operasiga dirijyorlik qilgan. Repertuarida oʻzbek va chet el kompozitorlarining opera va baletlari mavjud. 70-yillarda asosan, balet spektakllari dirijyori sifatida shuhrat qozondi. „Oqqush koʻli“ (P. Chaykovskiy), „Boqchasaroy favvorasi“ (B. Asafev), „Jizel“ (A. Adan), „Spartak“ (A. Xachaturyan), „Sevgi tumori“ (M. Ashrafiy), „Semurgʻ“ (B. Brovsin), „Tanavor“ (A. Kozlovskiy) va boshqalarshular jumlasidan. Dilbar Abdurahmonova 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda „Masharabozlar“ (R. Leonkavallo), „Boʻron“ (S. Vasilenko, M. Ashrafiy), „Hayotbaxsh oʻlim“ (A. Xolminov), „Olovli farishta“ (S. Prokofev), „Otello“ (J. Verdi) va boshqa operalarni toʻliq tahrirda sahnalashtirdi. Dilbar Abdurahmonova Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati sanaladi (1973)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil