Kontent qismiga oʻtish

Diktator (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diktator
inglizcha: The Dictator

Film posteri
Rejissyor(lar) Larry Charles
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Sacha Baron Cohen
  • Alec Berg
  • David Mandel
  • Jeff Schaffer
Rollarda
Bastakor(lar) Erran Baron Cohen
Kinematografiya Lawrence Sher
Muharrir(lar)
  • Greg Hayden
  • Eric Kissack
Studiya(lar) Four By Two Films
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 83 minut[2]
Mamlakatlar
Til ingliz tilida
Byudjeti $65 million[4]
Daromadi $179.4 million[4]

Diktator (inglizcha: The Dictator) — Sacha Baron Cohen muallifligidagi komediya filmi. 2011—2012-yillarda bir qator arab mamlakatlaridagi norozilik namoyishlari tugagan paytda taqdim etilgan. „Paramount Pictures“ press-relizida film quyidagicha taʼriflanadi: „Shimoliy Afrika diktatorining oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyganligi haqidagi qahramonlik ertagi xolos, demokratiya hech qachon uning mazlum mamlakatiga kelmaydi. Film Kim Chen Irning yorqin xotirasiga bagʻishlanadi“.

Mazmuni

Afrikadagi Vadiya nomli mamlakatning mutloq hukmdori Admiral-general Hafiz Alouddin oʻz davlatida xohlagan ishini qiladi. Uning tashabbusi bilan Vadiyada yadroviy dastur qabul qilinib, uni Isroilga qarshi qoʻllash haqida koʻrsatma beriladi. Nadal ismli yirik olim tomonidan yadro quroli yaratiladi, biroq bu qurol Alouddinga yoqmay, Nadal ishdan haydaladi. Alouddinning yadroviy dasturidan xavotir olgan AQSH maʼmuriyatiga javob tariqasida Alouddin Nyu Yorkda Birlashgan millatlar tashkilotining majlisida chiqish qilishi va yadroviy dastur ahamiyatini tushuntirishi kerak boʻladi. Nyu Yorkka kelgan zahotiyoq, Alouddin oʻz amakisi va bosh vazir Tamirning odamlari tomonidan oʻgʻirlab ketiladi. Alouddin tasodifan tuzoqdan qochib qutuladi va koʻchalarda daydib yurib, katta televizordan xuddi oʻziga oʻxshash, ammo oligofren odam Birlashgan millatlar tashkiloti majlisida qogʻozga yozib berilgan nutqni oʻqib berayotganini koʻrib qoladi. Nutqda Vadiya xalqiga demokratik konstitutsiya orqali demokratiya berilishi, tabiiy resurslarning eksportga yoʻnaltirilishi eʼlon qilinadi. Tamirning asl maqsadi davlatda „soyadagi hukmdor“ boʻlib, barcha narsaga egalik qilishdan iborat. Koʻchada qolgan Alouddin Zoe ismli sotuvchi qiz bilan tanishib qoladi. Zoe uni oʻzining oziq-ovqat doʻkoniga ishga oladi va ularning oʻzaro munosabatlari shakllanadi. Bu shaharda Alouddin oʻzi bir vaqtlar ishdan haydab yuborgan vadiyalik olim Nadalni uchratadi. Nadal va Alouddin birlashib, demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishini toʻxtatish rejasini tuzishadi. Reja muvafaqiyatli bajariladi. Alouddin konstitutsiyani yirtib tashlaydi, oʻziga suiqasd qilmoqchi boʻlgan amakisini hibsga oldiradi, biroq Vadiya xalqiga demokratiya berishni vaʼda qiladi. Film oxirida Alouddin va Zoe nikohlanishadi.

Rollarda

Aktyor Rol
Sacha Baron Cohen Alouddin hukmdor Alouddin
Anna Faris Zoe sotuvchi qiz Zoe
Ben Kingsley Tamir bosh vazir Tamir
Jason Manzukas Nadal olim Nadal

Manbalar

  1. Kaufman, Amy. „The Dictator moves off Dark Shadows release date“. Los Angeles Times (9-aprel 2012-yil). 7-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2012-yil.
  2. THE DICTATOR (15)“. British Board of Film Classification (4-may 2012-yil). Qaraldi: 13-mart 2015-yil.
  3. Buchanan, Jason „The Dictator“. AllRovi. 5-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2012-yil. (Wayback Machine saytida 5-fevral 2012-yil sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 „The Dictator“. Box Office Mojo. Qaraldi: 1-avgust 2012-yil.