Dielektrik antenna
Qiyofa
Dielektrik antenna — dielektrik sterjen va koaksial kabel (sirtiga metall sim qoplangan kabel) dan yasalgan antenna. Radiotoʻlqinlarni uzatishda sterjen oʻqi boʻylab elektromagnit toʻlqinlar tarqaladi. Sterjen sirtida fazalari yuguruvchi toʻlqin qonuni boʻyicha oʻzgaradigan elektr va magnit maydonlardan iborat tangensial tashkil etuvchilar vujudga keladi. Dielektrik antenna koʻpincha uchish apparatlarining santimetrli va detsimetrli toʻlqinlarda ishlaydigan radioqurilmalarida qoʻllanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |