Didius Julianus
Mark Didiy Sever Yulian | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Milodiy 133-yil 30-yanvar Medolian |
Vafoti |
Milodiy 193-yil 1-iyun Rim |
Turmush oʻrtogʻi | Manliya Skantilla |
Bolalari | Didiya Klara |
Onasi | Emiliya Klara |
Otasi | Kvint Petroniy Didiy Sever |
Didiy Yulian (lotincha: Marcus Didius Severus Iulianus) – milodiy 193-yilda 28-martdan 1-iyungacha 2 oy davomida Rim imperatori boʻlgan. Senatorlar kengashi aʼzosi hamda Antoninlar davrida u harbiy va siyosatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan: u bir qancha viloyatlarni boshqargan, nemislar bilan boʻlgan chegara urushlarida gʻalaba qozongan[1]. Milodiy 175-yilda konsul lavozimida ishlagan. Pretorlar 193-yilda imperator Pertinaksni oʻldirganidan keyin Didiy Yulian imperator etib tayinlangan, va bir tomondan Pretorian lagerida bosh hokimiyatni sotib olgan. Senat va shahar plebsi undan nafratlanardi. Yulianga qarshi shahar gubernatorlari, Suriyada Gay Pesseniy Nigerg, Pannoniyada Lutsiy Septimiy Sever, Britaniyada esa Detsim Klodiy Albin unga nisbatan isyon koʻtarishgan.