Antoninlar
Qiyofa
Antoninlar — Rim imperatorlari sulolasi (96 — 192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96 — 98). Nerva, Trayan, Adrian, Antonin Piy, Mark Avreliy (Lutsiy Ver bilan birgalikda) va Kommodlar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foy-dalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab buladi. Shulardan eng yirigi Bar-Koxba, Bukollar harakatlari edi. Antoninlar davrida imperiya chegarasiga varvarlar bostirib kira boshladi. Kommod hukmronligi davridan boshlab Antoninlar imperiyasi inqirozga uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |