Kontent qismiga oʻtish

Didaktik adabiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy-taʼlimiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. D. a. ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi (mas, "Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida D.a. uzoq tarixga ega. D.a.ga doir ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi D. a.ning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyik" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. D.a.dan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). D.a.ga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pand-nasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlim-tarbiyaga oid D.a. namunalari koʻplab uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil