Dickinson kolleji
lotincha: Collegium Dickinsonium | |
Dickinson kolleji kirish eshigi | |
Shiori | lotincha: Pietate et doctrina tuta libertas (Bilim va feʼl-atvor erkni taʼminlaydi[1]) |
---|---|
Turi | Xususiy universitet |
Asos solingan sanasi | 1773 |
Prezidenti | John E. Jones III |
Bakalavriat | 2,420[2] |
Kampusi | Universitet shaharchasi, 170 akr (69 ga) |
Veb-sayti | dickinson.edu |
Dickinson kolleji – Carlisle shahrida joylashgan xususiy sanʼat kolleji. 1773-yilda Carlisle Grammatika maktabi sifatida tashkil qilingan. Dickinson kolleji 1783-yil 9-sentyabrda Oliy taʼlim muassasasiga aylantirilgan. Ushbu muassasa Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkil topgandan keyin asos solingan ilk Oliy taʼlim muassasasi boʻlgan[3]. Dickinson kollejiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan va AQSh mustaqillik deklaratsiyasiga imzo chekkanlardan biri boʻlgan Benjamin Rush tomonidan asos solingan. Kollej Amerika Qoʻshma Shtatlari Konstitutsiyasi asoschilaridan biri va uni ratifikatsiya qilish uchun ovoz bergan, keyinchalik Pensilvaniya gubernatori boʻlib ishlagan John Dickinson va uning rafiqasi Mary Norris Dickinson sharafiga nomlangan. Ular oʻzlarining shaxsiy kutubxonasiga oid kitoblarning katta qismini ushbu kollejga hadya qilishadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The College Seal“. Dickinson College (2024-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-avgust.
- ↑ „Enrollment Data“. Dickinson College. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
- ↑ „Dickinson Facts“. Dickinson College. 2007-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Butterfield, L.H. (1948). "Benjamin Rush and the Beginning of John and Mary's College Over the Susquehanna". Journal of the History of Medicine and Allied Sciences (Oxford Journals) III (3): 427–442. doi:10.1093/jhmas/III.3.427.