Kontent qismiga oʻtish

Diazotlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diazotlash — aromatik aminlarga mineral kislotalar ishtirokida nitrit kislota taʼsir ettirib aromatik diazobirikmalar hosil qilish usuli. D. tezligi aminobirikmaning tuzilishiga hamda reaksiyada ishtirok etuvchi anionning tabiatiga bogʻliq. Aromatik yadroda manfiy oʻrinbosarlari (NO2, SO3H, SOON, S1 va b.) boʻlgan aminlar musbat oʻrinbosarlar (SN3, ON, OSN3 va b.)ga nisbatan tezroq diazotlanadi. Brom ionlari D. jarayonini tezlashtiradi. Hosil boʻluvchi diazobirikmalarning beqarorligi sababli D. nisbatan past (0° dan 25° gacha) temperaturada oʻtkaziladi. D. koʻpgina aromatik birikmalar sanoatida, ayniqsa, azoboʻyoqlar olishda keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil