Diadoxlar
Diadoxlar (yun. diadochos — voris, merosxoʻr) — Aleksandrning yirik lashkarboshi va safdoshlari. Uning vafotidan soʻng oliy hokimiyatni egallash va imperiyani boʻlib olish uchun kurash olib borishgan. D. orasida Perdikka, Antipatr, Krater, Evmen, Polisperxont, Kassandr, Antigon, Demetriy Poliorket, Lisimax, Selevk I Nikator, Ptolemey kabilar mashhur boʻlgan. Mil. av. 301 yildagi Ips jangi D. oʻrtasidagi kurashning yuqori choʻqqisi boʻlgan. Ushbu jangdan soʻng Aleksandr saltanati tanazzuli boshlanib, mil.av. 3-asrning 80-yillarida bir qancha mustaqil ellinistik davlatlar (Suriya va Osiyoning boshqa qismlarida barpo etilgan Salavkiylar davlati, Misrda ptolemeylar, Makedoniya va Yunonistonda Antigon va uning avlodlari bosh boʻlgan davlat) ga boʻlinib ketgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |