Dezinvaziya
Dezinvaziya (dez... va lot. invasio — hujum) — hayvonlarning invazion kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari (gijjalar, baʼzi hasharotlar tuxumi va lichinkalari va b.)ni tashqi muhitda yoʻqotish, zararsizlantirish. Veterinariya amaliyotida profilaktik D. dezinfeksiya bilan birgalikda olib boriladi. Joriy D. hayvonlarning navbatdagi degelmintizatsiyasidan keyin 3—4 kun oralatib oʻtkaziladi. D.da parazitlar tuxum va lichinkalarining rivojlanish muddatlarini, ularning tashqi muhitda, hayvon organizmida yeaklanish davrlarini, fizik va kimyoviy taʼsirotlarga chidamliligini va b.ni hisobga olish zarur. Binolar va uskuna-jihozlar kimyoviy (soʻndirilmagan ohak, 5% NaOH eritmasi va b.), fizik (kuydirish, qaynatish va b.), mexanik (chiqindilarni toʻplab tozalash va zararsizlantirish) usullarida oʻtkaziladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |