Dey
Qiyofa
Dey (turkcha dayi, aynan — togʻa) — 1) Usmonli turk saltanatining yanichar qoʻshinlarida zobitlik darajasi; 2) Yanichar zobitlar kengashi tomonidan umrbod saylanadigan Jazoir hokimi (1671 yildan to 1830 yilgacha, yaʼni Jazoirni Fransiya bosib olgunga qadar). Jazoirning soʻnggi D. i — Husayn (1818—30); 3) Tunisda D. deb 1590—1705 yillarda vaqt-vaqti bilan mamlakatni idora etgan turk yanichar harbiy boshliklari atalgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |