Deryayev Xidir
Deryayev Xidir (1905, Mari viloyati Egriguzar qishlogʻi — 1987, Ashxabod) — Turkmenistan xalq yozuvchisi (1967). Turkmaniston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1969). Toshkentdagi maorif instituti (1926) va Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1931). Ashxobod pedagogika institutida oʻqituvchi (1931), kafedra mudiri (1938). Turkman mumtoz adabiyotini tadqiq etish va nashr qilishda faol qatnashgan, birinchi boʻlib turkman tili darsligini yaratgan. Ilk sheʼrlarini Toshkentda yozgan. "Amudaryo" dostoni (1928) Turkmanistonda suv muammosiga bagʻishlangan. "Afsusmi yo maslahat" dostoni (1929) odob-axloq mavzuida. "Qonli panja" (1937) asari turkman adabiyotidagi dastlabki realistik romandir. Yozuvchi uni qayta ishlab, 2—4 qismlarini yozib, "Qismat" nomi bilan chop ettirgan (1960—71). "Boʻron" (1974) romani, "Qismat" (1962, roman asosida), "Mehri" (1964), "Xoʻjanafas" (1969) dramalari muallifi. "Qismat" romanining 1—2 kitoblari P. Krdirov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1967, 1972).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |