Dengiz raketa qurollari
Dengiz raketa qurollari - dengiz jangida qoʻllaniladigan raketa qurollari. Ular uzoq masofaga uchib borish xususiyatiga va kuchli portlash quvvatiga ega boʻladi. Taktika-texnika jihatidan reaktiv snaryadlar, boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar, ballistik raketalarta boʻlinadi. Bu qurollar dengiz, havo va dengiz qirgʻoqlaridagi hamda olisdagi nishonlarga otish uchun ishlatiladi. Toʻrt sinfga boʻlinadi: "Yer — yer", "Yer — havo", "Havo — havo" va "Havo — yer". "Yer — yer" sinfidagi snaryadlar yer yoki dengizdagi nishonlarga yerdan yoki kemalardan uchiriladi. "Yer — havo" snaryadlari qavodagi nishonlarga yerdan yoki kemadan uchiriladi. "Havo — havo" sinfidagi snaryadlar samolyotlardan qavo nishonlariga otiladi. "Havo — yer" sinfidagi snaryadlar samolyotdan dengizdagi yoki yerdagi nishonlarga uchiriladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |