Dengiz aviatsiyasi
Dengiz aviatsiyasi - harbiydengiz kuchlarining tarkibiy qismi. D. a. dengizda mustaqil yoki suv osti kemalari bilan birga urush harakatlarini oʻtkazish, dengiz qirgʻoqlaridagi obʼyektlarga, qoʻshinlarga hujum qilish yoki yordam berish kabi vazifalarni bajaradi. Dengizdagi bazalarga, qirgʻoq inshootlaridagi kema va transport vositalariga, suv osti kemalariga zar-ba berish bilan birga razvedka ishlarini ham bajaradi. D. a. raketa eltuvchi D. a., qiruvchi, bombardimonchi, minali-torpedali, razvedka qayiqlariga qarshi va koʻmaklashuvchi (transport, sanitariya, aloqa va hokazo) xillarga boʻlinadi. Dastlab Birinchi jahon urushida dozorlik va razvedka maqsadida foydalanilgan. Ikkinchi jahon urushida harbiydengiz flotining asosiy kuchlaridan biri boʻlib qoldi. D. a. dushman orqa tomonidagi obʼyektlarga zarba berishda, dengiz boʻyida oʻtkaziladigan janglarda va b. vazifalarni bajarishda muhim rol oʻynaydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |